Qanday o‘qishga kirish mumkin

O‘qishga kirish juda oson! Quyidagi qadamlarni bajarish kifoya:

Ariza qoldiring

Murojaatingiz bo‘yicha to‘liq maslahat beriladi.
Maslahatdan so‘ng abituriyent hujjatlarni yig‘adi.

1

Hujjatlarni topshiring va xizmat uchun to‘lang

Hujjatlarni topshirasiz hamda kompaniya va universitet bilan
shartnoma tuzasiz.

2

O‘qishga qabul qilinish

Hujjatlarni topshirib, kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgach,
OTMga qabul qilinasiz va talaba bo‘lasiz.

3

O‘qish

Elektron pochtangizga ta’lim platformasiga kirish uchun login va parol keladi va o‘qishni boshlaysiz. Menejeringiz diplom olgunga qadar o‘qishingizga oid barcha savollar bo‘yicha 24/7 yordam beradi!

4

Savol-javob

Eng dolzarb savollarga javob berdik.

Biz hamkorlik qiladigan barcha OTMlar va ularning dasturlari o‘z mamlakatida oliy ta’lim uchun mas’ul tuzilmalar tomonidan tan olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan. O‘zbekistonda xorijiy diplomdan foydalanish uchun uni tan olish (nostrifikatsiya) tartibidan o‘tish kerak. Ariza my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi. Menejerimiz kerakli hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha maslahat beradi.

Biz hamkorlik qiladigan barcha OTMlar va ularning dasturlari oliy ta’lim uchun mas’ul tuzilmalar tomonidan tan olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan. Litsenziya va akkreditatsiya ma’lumotlari Rossiya Rosobrnadzorining ochiq reyestrlarida mavjud. O‘zbekistonda diplomdan foydalanish uchun uni tan olish (nostrifikatsiya) tartibidan o‘tish kerak.

Toshkentdagi ofisimizga kelishingiz yoki hujjatlarni elektron pochta orqali onlayn yuborishingiz mumkin.

Masofaviy (sirtqi) ta’lim kunduzgi ta’limdan ancha arzon. OTM qabul paytida belgilagan narx o‘qish oxirigacha o‘zgarmaydi — buning kafolati OTMlar bilan tuziladigan shartnomalaringizdir. Rublning so‘m va dollarga nisbatan kursi esa o‘zgarishi mumkin: bu bizga ham, OTMga ham bog‘liq emas, shuning uchun bu borada kafolat bera olmaymiz.

Afsuski, davlat granti asosida o‘qish imkoniyati yo‘q. Ammo maxsus chegirmalar mavjud.

Kompaniyamiz 14 yildan beri masofaviy ta’lim sohasida ishlaydi. Biz bilan shartnoma tuzasiz va yuridik shaxs sifatida biz javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.

Tibbiyot mutaxassisliklari masofaviy shaklda o‘qitilmaydi.

Кәсіптік бағдар беру тестінен өтіңіз, сізге не сәйкес келетінін біліңізт

Тест тапсырыңыз

Fikrlar